Humo va Uzcard to'ldirishlari uchun 10% bonus shartlari
Betwinner Keshbek
10% (500 000 UZS gacha)
Nomida "keshbek" so'zi turgani bilan, bu taklif yutqazilgan pulni qaytarmaydi. U boshqacha ishlaydi: hisobni Humo yoki Uzcard orqali to'ldirsangiz, BetWinner shu to'ldirish summasining 10% ini ustiga qo'shib beradi. Ya'ni bu aslida mahalliy karta bilan depozit qilganlar uchun qo'shimcha bonus.
Humo (P2P), Uzcard (P2P) yoki Uzcard & Humo orqali hisobni to'ldirganda, depozit summasining 10% miqdorida bonus beriladi — eng ko'pi 500 000 UZS. Minimal to'ldirish 20 000 UZS, sutkada bitta bonus olinadi. Bonus x8 veyjer bilan ekspresslarda otiladi va 30 kun amal qiladi. Aksiya 2026-yil 11-sentyabrgacha kuchda.
Bu keshbek qaysi keshbeklardan farq qiladi
BetWinner'da "keshbek" nomli bir nechta taklif borligi sababli ularni adashtirmaslik muhim. Ushbu 10% bonus boshqalardan tubdan farq qiladi:
- 10% Humo/Uzcard bonusi (shu sahifa): yutqaziqqa emas, to'ldirishga beriladi. Mahalliy karta bilan depozit qilsangiz, summaning 10% i bonus bo'ladi.
- Haftalik sport keshbek (3%): aksincha, hafta davomidagi yutqazishlar uchun qaytim beradi va to'g'ridan-to'g'ri asosiy hisobga, otishsiz tushadi.
- Keshbek Uzatish: alohida aksiya bo'lib, ma'lum turnirdagi oborot uchun foiz qaytaradi.
Ya'ni bu sahifadagi taklif aslida depozit bonusiga yaqin: uni olish uchun yutqazish shart emas, faqat to'g'ri to'lov tizimi orqali hisob to'ldirish kifoya.
Bonusni qanday olish mumkin
Bonus avtomatik beriladi, alohida promokod kerak emas. Buning uchun bir nechta shart bajarilishi kerak:
- BetWinner saytida hisobingizga kiring va shaxsiy ma'lumotlarni to'ldiring, telefon raqamini faollashtiring;
- akkaunt sozlamalarida sport bonuslarida ishtirok etishga rozilik bering;
- Humo (P2P), Uzcard (P2P) yoki Uzcard & Humo orqali kamida 20 000 UZS to'ldiring.
To'ldirish amalga oshgach, depozit summasining 10% i bonus hisobiga avtomatik o'tadi. Muhim shart: agar to'ldirishdan oldin hisobdan pul yechib olgan bo'lsangiz, bonus berilmaydi. Kripto-hisoblar bu aksiyada qatnashmaydi.
Veyjer va otish shartlari
Bonus darrov yechib olinmaydi — uni avval ekspresslarda otish kerak. Otish shartlari aniq:
- Veyjer: bonus summasini 8 marta tikish (x8);
- Ekspress sharti: har bir ekspressda kamida 4 voqea;
- Koeffitsient: kamida 4 voqea koeffitsienti 1.40 dan past emas;
- Muddat: bonus berilgandan keyin 30 kun.
Qaytarilgan (vozvrat) garovlar otishda hisobga olinmaydi. 30 kun ichida veyjer bajarilmasa, bonus ham, undan tushgan yutuq ham kuyib ketadi. Yutuqni yechish uchun bonusni to'liq otib bo'lish shart.
Aksiya kimga qulay
Bu taklif baribir Humo yoki Uzcard bilan hisob to'ldiradigan va ekspressga o'ynaydigan o'yinchi uchun foydali — har depozitga 10% qo'shimcha tekin keladi. Ammo x8 veyjer 4+ voqeali ekspresslar bilan otilgani uchun, ordinarchi yoki kam o'ynaydigan foydalanuvchiga bu bonusni 30 kunda otib bo'lish qiyin bo'ladi. Otib bo'lmagan bonus esa yutuq bilan birga bekor bo'ladi, shuni hisobga olgan ma'qul.
Tez-tez beriladigan savollar
Bonus qancha bo'ladi?
To'ldirish summasining 10% i, lekin 500 000 UZS dan oshmaydi. Minimal to'ldirish 20 000 UZS.
Qaysi to'lov usullari mos keladi?
Faqat Humo (P2P), Uzcard (P2P) va Uzcard & Humo (P2P). Boshqa usullar, jumladan kripto-hisoblar bu bonusni bermaydi.
Bonusni qanday otaman?
x8 veyjer bilan: bonus summasini ekspresslarda 8 marta tiking. Har ekspressda 4+ voqea, kamida 4 tasi 1.40 koeffitsientdan past bo'lmasligi kerak.
Otishga qancha vaqt beriladi?
Bonus berilgan kundan 30 kun. Shu muddatda otilmasa, bonus va yutuq yo'qoladi.
Sutkada nechta bonus olsam bo'ladi?
24 soat ichida faqat bitta. Keyingi bonusni olish uchun avvalgisini to'liq otib bo'lish kerak.
Aksiya qachongacha amal qiladi?
2026-yil 11-sentyabrgacha. Shu sanagacha har kuni Humo yoki Uzcard orqali to'ldirib bonus olish mumkin.
Yana Betwinner bonuslari
Betwinner promokod
- Veyjer:x5
- Muddat:30 kun
- Min. depozit:15 000 UZS
Betwinner Keshbek Uzatish
- Veyjer:x5
BetWinner Chempionlar Arenasi
- Veyjer:fribet 3+ @1.5
- Muddat:3 kun
Boshqa bukmekerlar — Keshbek
1xBet 20% keshbek
- Veyjer:x10
- Muddat:30 kun
- Min. depozit:63 500 UZS
Crypto Freebet
- Veyjer:Ekspress 4+ voqea @ 1.6+
- Muddat:1 kun
- Min. depozit:59 903 UZS
1xBet Ilova bonus
- Veyjer:x5 ekspress 4+ @ 1.4+
- Muddat:5 kun
- Min. depozit:13 864 UZS